TIFLOPEDAGOGIKA (yun. typhlos koʻr va pedagogika) — defektologiyaning koʻr va zaif koʻruvchi bolalarni oʻqitish, tarbiyalash hamda ularni mehnatga tayyorlash masalalarini ishlab chiquvchi sohasi. Bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni, umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlishlarini, hayot va mehnatga tayyorlashni maqsad qilib qoʻyadi. Tiflopedagogika koʻr va zaif koʻruvchi bolalar uchun taʼlimni takomillashtirish yoʻllarini, oʻquvtarbiya jarayonini tashkil etish metodlarini, maxsus maktab hamda maktabgacha muassasalar tuzilmasini, ularning taʼlimtarbiyasining tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi. Tiflopedagogikaning eng muhim vazifasi bolalarda saklanib qolgan koʻrish imkoniyatlaridan oʻqish jarayonida toʻgʻri foydalanish va uni rivojlantirish, koʻrish imkoniyatlarini saqlash uchun sharoit vujudga keltirish, taʼlimning texnika vositalarini qoʻllashdan iborat.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda jismoniy ta’lim berish jarayonida bolalarni yosh xususityalari va yakka imkoniyatlariga, ko‘ruv organining buzilish xarakteri va klinik shakllariga, rivojlanishning nuqsonlariga katta e’tibor bermoq zarur.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda jismoniy tarbiya berish tizimiga quyidagilar kiradi:
1) Jismoniy sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar (kundalik faoliyat davomida), (ertalabki gimnastika, ayr o‘yinlari va boshqalar);
2) Maxsus jismoniy tarbiyani mashg‘ulotlari (majburiy);
3) Guruhdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari (sport seksiyalari, oylik sport kuni bayrami).
KNB bolalarning barchasi o‘z kasalliklarini klinik shakliga, qobiliyatidan qat’iy nazar quyidagicha mashqlarni bajaradilar:
sarflanish va qayta sarflanish;
predmetli va predmetsiz umum rivojlantiruvchi mashqlar;
ko‘krakni to‘g‘ri shakllantiruvchi mashqlar;
mufozanatni saqlash uchun mashqlar;
ritmik mashqlar;
bir maromda yugurish va yurish mashqlari;
emaklash mashqlari;
kichik hajmli to‘plarni otish;
-o‘rtacha maromda toza xavoda sayr qilishni tashkil etish kiradi.
Yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya va mashg‘ulotlar davomida qo‘llanilgan korreksion va kompensator ishlar ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning funksional ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi
Tiflopedagogika umumiy va maxsus pedogogika., psixologiya, fiziologik optika, oftalmologiya, pediatriya, maktab gigiyenasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, tilshunoslik, tiflotexnika fani maʼlumotlariga suyanadi. Oʻzbekistonda 2002/03 oʻquv yili koʻrlar uchun 8 (1,4 ming oʻquvchi), zaif koʻradigan bolalar uchun 3(0,6 ming oʻquvchi) maktab ishladi.